Otamurodova Orzigul
Otamurodova Orzigul ( 1923.5.1, Nukus tumani) — xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1969). Koraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri qoshida ochilgan balet kursini tugatgan (1944). 1953 yilgacha shu teatrda aktrisa sifatida ishlab, Oysanam (S. Xo’janiyozov; O. Halimov, J. Shomurodov, “suymaganga suykanma”), Hurliyman (J. Oymirzaev; O. Halimov, “Berdaq”), Shohista (Uyg’un; M. Leviev, “Oltin ko’l”) kabi obrazlarni yaratdi. Berdaq nomidagi Koraqalpoq davlat filarmoniyasi (1959-63), Qoraqalpoq davlat televideniesi va radio qo’mitasi (1953-59 va 1967 yildan) yakkaxon xonandasi. “Eshvoy”, “Hoshim polvon”, “yora yondim” kabi xalq, “Vatanim — jonim onam”, “bog’bon qiz”, “Bo’ylaringdan” singari zamonaviy qo’shiqlar Otamurodova repertuaridan o’rin olgan.