Otaxo’jayev Akbar Qosimovich
Otaxo’jayev Akbar Qosimovich (1926.31.12, Turkiston shahri – 1994.5.9, Samarqand) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1979), fizika-matematika fanlari doktori (1970), professor 1971), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977). O’zDUni tugatgan (1948). Samarqand pedagogika institutida o’qituvchi va direktor o’rinbosari (1948-53), SamDU optika kafedrasida assistent, dotsent (1953-59), kafedra mudiri (1959 yildan), SamDU fizika fakulteti dekani (1970-72). 1972— 87 yillarda SamDU rektori. Ilmiy ishlari molekulyar optika va spektroskopiyaga oid. Suyuqlik molekulalarining relaksatsiya vaqtini aniqlashning spektroskopik usulini ixtiro etgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).