O’TENIYAZ JIROV

O’TENIYAZ JIROV (1884 Qoraqalpog’iston, hozirgi Kegeyli tumani Sho’rtanboy qishlog’i — 1970) — qoraqalpoq oqini. Erpo’lat oqinning shogirdi. Yoshligidan xalq qo’shiqlariga havas qo’ygan. Dastlab Boyniyoz baxshi (1875— 1925) qo’shiqlarini yod olib, kuylab yurgan. 19 yoshlarida ustozidan qo’biz chalishni, “Alpomish”, “Ediga”, “Shahriyor” kabi dostonlarni o’rgangan. O’teniyaz Jirov “Jiyanqulnoma”, “Tumanboynoma”, “Aytivornoma”, “Ermon jirovnoma”, “Dovulboy jirovnomasi”, “Nurabullaning yo’li” kabi qo’shiqlarni ijro etgan. “O’y do’g’i”, “Qanigul” va boshqalar quylarni yaratgan. O’teniyaz Jirovdan “Shahriyor” dostonining mukammal varianti yozib olingan, rus va o’zbek tillariga tarjima etilib, nashr qilingan. Undan yozib olingan ayrim Doston, qo’biz kuylari, terma va to’lg’ovlar O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali kutubxonasida saqlanadi.