O’TLOQ
O’TLOQ, o’tzor — turli o’t, ko’p yillik, tabiiy o’simlik aralashmalari, asosan, mezofil o’tlar o’sadigan maydonlar. O’tloqlardan pichanzor va yaylovlar sifatida foydalaniladi. O’tloqlar nam yerlarda, o’tlar o’sishi uchun qulay va boshqalar o’simlik turlari (daraxt va butalar) uchun noqulay bo’lgan sharoitda vujudga keladi. O’larni inson faoliyati natijasida, masalan, cho’llarni o’zlashtirib (sug’orib) ham barpo etish mumkin. Ular kelib chiqishi, yoshi, fitosenozi, o’simliklarning o’sish sharoiti, hosili bo’yicha turlicha bo’ladi. Maysazor va chim hosil bo’lish barcha O’tloqlarga xos. Materik, qayir hamda tog’ O’tloqlari farqlanadi. Materik O’tloqlar tekisliklarda joylashgan bo’lib, suvsiz (tekislik va qiyaliklarda faqat yog’in suvlari hisobiga o’sadigan) hamda yer osti suvi yuza bo’lgan pastlik O’tloqlarga ajraladi. Qayir O’tloqlar tundradan cho’lgacha; o’rmon va o’rmoncho’l zonalarida tarqalgan. Materik O’tloqlarga nisbatan turli-tuman va serhosil. Tog’ O’tloqlari nam va issiq iqlimli tog’li rayonlarda hamda o’rmon mintaqasida (subalp va Alp O’tloqlari) tarqalgan. Subalp O’tloqlaridan serhosil pichanzor va yaylov sifatida foydalaniladi. O’tloqlarning jahondagi umumiy maydoni taxminan 150-200 million gektar. O’tloqli katta maydonlar shimol yarim sharning mo”tadil mintaqasi (asosan, Rossiya va G’arbiy Yevropa mamlakatlari)da, shuningdek, yangi Zelandiyada joylashgan. O’tloqlardan tobora ko’proq foydalanilmoqda: ekma O’tloqlar maydoni kengaytirilmoqda (o’g’itlar solinib, sug’urilmoqda), bir o’rimli O’tloqlar ikki va ko’p o’rimli O’tloqlarga va madaniy yaylovlarga aylantirilmoqda. Halima Otaboyeva.