Otoskopiya

Otoskopiya (oto… va Yunoncha Skopeo — ko’raman, ko’zdan kechiraman) — tashqi eshituv yo’li va quloq pardasini ko’zdan kechirish usuli. Otoskopiyada quloqqa kiritiladigan maxsus voronkalar, peshonaga tutiladigan reflektor (o’rtasi teshik ko’zgu) va yorug’lik manbaidan foydalaniladi. Diagnostika maqsadida muolajalar va operatsiyalar qilishda qo’llanadi.