Ovallar
Ovallar (lotincha ovum — tuxum) — yassi, qavariq yopiq egri chiziqlar. Masalan, aylana, ellips. Agar Ovallar yetarlicha silliq bo’lsa, ularning egriligi maksimum va minimumga erishadigan kamida 4 uchga ega bo’ladi (ellipsda to’rtta). Oval nuqtalari orasidagi masofaning aniq yuqori chegarasi uning diametri, biror yo’nalishdagi urinmalari orasidagi masofa shu yo’nalishdagi eni deyiladi. Masalan, ellipening OAX yo’nalishdagi eni V[V2 ga, OBt yo’nalishdagi eni AtA2 ga teng. Aylananing eni hamma yo’nalishda bir xil. Eni h o’zgarmas bo’lgan Ovallarning uzunligi nh ga teng (Barbe teoremasi). Ba’zan, Ovallar deganda umuman o’z-o’zini kesmaydigan yopiq chiziqlar tushuniladi.