Ovulyatsiya
Ovulyatsiya (lotincha orum — tuxum) — tuxum hujayralarining tuxumdondan tana bo’shlig’iga chiqishi. Urg’ochi sut emizuvchi hayvonlarda va ayollarda Ovulyatsiya vaqtida yetuk tuxum hujayrasi bo’lgan Graaf pufakchasi yoriladi va Ovulyatsiya davri kechadi. Ovulyatsiyani, asosan, gipofiz gormonlari boshqaradi. Homiladorlik boshlanishi bilan Ovulyatsiya to’xtaydi.