Oxota dengizi
Oxota dengizi — tinch okeandagi yarim berk dengiz, Osiyo materigining Sharqiy sohili bilan chegaradosh. Okeandan Kamchatka yarim oroli, Kuril orollari va Xokkaydo oroli ajratib turadi. Nevelskiy, Tatar va Laperuz bo’g’ozlari orqali Yapon dengizi, Kuril bo’g’ozi orqali tinch okean bilan tutashgan. Maydoni 1603 ming km2. Eng chuqur joyi 3521 metr. Shimoliydan janubga 2445 kilometr cho’zilgan, eng keng joyi 1407 kilometr. Qirg’oqlari kam parchalangan. Shimoli- sharqida Shelixov, Janub qismida Aniva, Saxalin va boshqa qo’ltiqlar joylashgan. Dengizga Amur daryosi quyiladi. Suvining temperaturasi qishda 1,8— 2°, yozda 1,5 dan 15° gacha, sho’rligi 32,8— 33,8°/oo. Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Magadan, Oxotsk, Korsakov, Se-Vero-Kurilsk.