Oxunboboyev Yo’ldosh
Oxunboboyev Yo’ldosh (1885, Marg’ilon yaqinidagi Jo’ybozor qishlog’i — 1943.28.2, Toshkent) — davlat va jamoat arbobi. Marg’ilondagi paxta tozalash zavodida ishchi (1901-04), O’zganda batraklik qilgan (1904-14). 1916 yil xalq qo’zg’oloni qatnashchisi. 1917 yil Oktyabr to’ntarishidan keyin Marg’ilon atrofida tashkil qilingan dastlabki qishloq sho’rosi, Marg’ilon uezdidagi “Qo’shchi” Ittifoqi raisi (1919-21). O’zbekiston SSR MIK raisi (1925— 38), O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1938-43). Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.