Oxunjon qiziq Huzurjonov

Oxunjon qiziq Huzurjonov (1903 — Marg’ilon — 1967) — xalq qiziqchisi. Qiziqchilikni Yusuf- jon qiziq Shakarjonovdan o’rgangan. Farg’ona, Samarkand, Xorazm viloyat teatrlarida, Toshsovet nomidagi teatr, O’zbekiston filarmoniyasida ishlagan. Oxunjon qiziq o’zbek an’anaviy teatrining asosan kulki-hikoya janrida tanilgan. Katta qiziqchilardan eshitganlarini qayta ishlab aytib yurgan, lekin aksariyat kulki-hikoyalarini o’zi to’qigan. U turli xil voqealarni bir syujet ipiga tizib badiiy to’qima hosil qilishda, o’xshatish, sifatlash va bo’rttirib tasvirlashda yuksak maxrratga ega bo’lgan. “Savodsiz sartarosh”, “samolyot”, “Su- malak”, “kinnachi kampir”, “poezddagi chiptasiz kishi”, “zararli ichimlik”, “Ziyorat”, “Grammofon”, “Maddohlik”, “Ashulalar to’plami” kabi yuzga yaqin kulki-hikoyalarida qayotda uchragan qalloblar, shaxsiyat-parastlarni fosh etib kelgan. 1937, 1951, 1959 yillarda Moskvada bo’lib o’tgan o’zbek san’ati dekadalarida qatnashgan. “Qo’shiqlar parvoz etadi” hujjatli filmida suratga tushgan (1959). Umrining so’nggi yillarida Marg’ilon xalq teatrida ishlagan. Oxunjon qiziq, san’atini uning o’g’li Odiljon Oxunov bilan Muhiddin Darveshovlar davom ettirdilar. Ad.: Qodirov M., Masxaraboz va qiziqchilar san’ati, T., 1971. Muhsin Qodirov.