Oy

Oy– Yerning yagona tabiiy yo`ldoshi va Yerga eng yaqin osmon jismi. Oy Yer atrofida deyarli elliptik orbitada o`rtacha 1,02 km/sek tezlik bilan (Oy orbitasiga Dunyo shimoliy qutbidan qaraganda) soat miliga teskari yo`nalishda harakatlanadi. Yer markazidan Oy markazigacha minimal masofa 356400 km, maksimal masofa 406800 km, o`rtacha masofa 384400 km, Oyning Yer atrofida aylanish davri (siderik Oy) o`rta hiisobda 27,32166 sutka. Quyosh Oyni Yerga nisbatan 2,2 marta katta kuch bilan tortadi.