Oydo’stbiy

Oydo’stbiy (? – 1828) – Xiva xonligida ko’tarilgan qoraqalpoqlar qo’zg’oloni rahbari, nufuzli bimlardan; Qo’ng’irot qoraqalpoqlari, keyinchalik butun qoraqalpoqlar sardori. Muhammad Amin inoq, Muhammad Rahim I va Olloqulixonlarning yaqin mahramlaridan bo’lgan. Oydo’stbiyga qo’shin tutish, qoraqalpoqlar orasidagi janjalli ishlarni hal etish, soliqlarni yig’ib olish huquqlari berilgan. Oydo’stbiy poytaxt — Xivaga kelganda, uni “biybobo” deb hurmat qilib, turli in’omlar berilgan, mamlakatdagi ichki siyosat haqida xonlar u bilan maslahatlashishar edi. Biroq Olloqulixon davridagi beto’xtov urushlar, og’ir soliq-majburiyatlarga bardosh berolmagan qoraqalpoqlar qo’zg’olon ko’targan (1827-28). Oydo’stbiy unga rahbarlik qilgan; qo’zg’olon bostirilib, Oydo’stbiy qatl etilgan.