Oyim
Oyim — 1) oqsuyak, zodagon ayollar nomiga qo’shib ishlatilgan yoki uning tarkibiy qismini tashkil etgan so’z (masalan, O’zbek oyim, og’ocha oyim, beg oyim, Eshon oyim, Mohlar oyim va boshqalar); 2) umuman ayol kishiga murojaat qilganda hurmatlash, ulug’lash ma’nosida uning nomiga qo’shib aytiladigan so’z (Sojida oyim, Mastura oyim kabi).