O’YNOQI MAYMUNLAR
O’YNOQI MAYMUNLAR, tirnoqli maymunlar (Sankppsshae) — keng burunli maymunlar oilasi. Primatlar orasida eng kichik va tuban tuzilganlardan. Gavdasining uzunligi 16-35 santimetr, dumi uzun, tanasi qalin va uzun yung bilan qoplangan. Barmoqlarida (bosh barmoqdan tashqari) uzun tirnoqlari bor (2-nomi shundan). Tishlari 32 ta, ayrim turlarida pastki qoziq tishlari juda yirik. Miyasi silliq, burmalari va egatchalari yo’q. Markaziy va Janubiy Amerikada (Panama Janubdan Braziliya Janubgacha) tarqalgan. 5 urug’i va 35 turi bor. Ko’pchiligi subtropik va tropik o’rmonlarda yashaydi; daraxtlar kovagida uxlaydi. Kunduzi hayot kechiradi; juda harakatchan. Oila bo’lib yashaydi; 1-4 (odatda, 2) ta bola tug’adi. Erkagi ham bolasini tarbiyalashda ishtirok etadi. Mevalar, har xil ko’katlar, hasharotlar, sudralib yuruvchilar va boshqalar mayda hayvonlar bilan oziqlanadi.