O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIASIYASI
O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIASIYASI — respublika tijorat banklari uyushmasi; a’zo banklarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qiladigan, ularga har tomonlama yordam beradigan notijorat, nodavlat tashkilot. Ijroiya direktsiyasi Toshkent shahrida. 1995 yil 28 iyulda ta’sis qurultoyida tashkil etilgan. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy bank infratuzilmasini yaratish, xalqaro moliya intlari va xorijiy banklar, bank uyushmalari bilan aloqalarni rivojlantirish, milliy bank tizimi faoliyati uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlarni yaratish, bank mutaxassislari tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, tijorat banklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko’maklashish va boshqalar assotsiasiyaning asosiy vazifalariga kiradi. O’zbekiston banklari assotsiasiyasining oliy organi — tijorat banklari qurultoyi. O’zbekiston banklari assotsiasiyasining bank mutaxassislari tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha infratuzilmasi respublika umumta’lim maktablari qoshidagi 39 ta ixtisoslashtirilgan bank sinflari, 5 ta bank kasb-hunar kolleji, iqtisodiyot yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarining bankmoliya sohasi uchun mutaxassislar tayyorlovchi fakultetlarini, mintaqaviy o’quv markazi, Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan Bank-moliya akademiyasini o’z ichiga oladi. O’zbekiston banklari assotsiasiyasi tarkibida banklarga zamonaviy moliya xizmatlari ko’rsatadigan “hamroh loyihainvest” qo’shma korxonasi, “moliya binokorxizmat” sho’ba korxonasi, “Baraka” universal lizing, “axborotreyting” banklararo reyting, “Investgrast” banklararo investitsiya, “ishonch” banklararo sug’urta kompaniyalari (hammasi 1996 yil da tashkil etilgan), “Banklararo maslahat xizmati” (1999), “Universal birja markazi”, kimoshdi, tanlov va tender savdolarini tashkil qilish agentligi (2003), banklararo kredit byurosi (2004), yagona umumrespublika prosessing markazi (2004) faoliyat ko’rsatadi. Nukus, Jizzax, Farg’ona shahrilarida mintaqaviy muassasalari tashkil etilgan. Ular orqali mintaqalardagi ban- klarga yuridik, kadrlar masalalarida yordam, shuningdek, yirik dasturlarni amalga oshirishda banklar resurslarini birlashtirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, kichik biznes vakillari va tadbirkorlarga kreditlar ajratish, dehqon va fermer xo’jaliklariga lizing xizmatlari ko’rsatish va boshqalar ishlarda amaliy yordam ko’rsatiladi. O’zbekiston banklari assotsiasiyasi rivojlangan mamlakatlarning deyarli barcha banklar uyushmalari hamda Yirik moliya intlari bilan yaqin aloqalar o’rnatgan. Saydullo Abdullayev.