O’ZBEKISTON MUSKATI
O’ZBEKISTON MUSKATI — xo’raki va vinobop uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Butunittifoq o’simlikshunoslik intining O’rta Osiyo tajriba stansiyasida Kattaqo’rg’on va Aleksandriya muskati navlarini chatishtirib chiqarilgan (Am. Negrul, M.S.Juravel). Tupi kuchli o’sadi, bargi o’rtacha, to’garak, sal kerriq, po’sti qalin, etdor, sershira, qarsillaydi, muskat ta’mli. Tarkibida 22-25% qand, 4-4,5% kislota bor. Hosili faol harorat yig’indisi 2900— 3000° da 156 -160 kunda, sentyabr boshlarida pishib yetiladi. Hosildorligi 400-450 tsentner/gektar. Yangiligida yeyiladi, sifatli mayiz tayyorlanadi. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidami past (tupi qishda ko’miladi). Zararkunandalarga chidamli. O’zbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi.