“O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI”
“O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI” — oylik afariqtisodiy, ilmiyommabop jurnal. Toshkent shahrida nashr etiladi. 1991 yildan jurnal muassisi: O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi. Birinchi soni 1922 yilda “Yangi qishloq” nomi bilan Turkiston maorif xalq komissarligining organi sifatida nashr etilgan. 1925— 71 yillarda “Dehqon”, “Qishloq xo’jaligi turmushi”, “Paxta uchun kurash”, “O’zbekiston sotsialistik qishloq xo’jaligi”, “O’zbekiston kolxoz-sovxozlar ishlab chiqarishi” nomlarida o’zbek va rus tillarida chiqqan, 1971 yildan hozirgi nomda. Jurnalda qishloq xo’jalik iqtisodiyoti, qishloqda islohotlarni jadallashtirish, paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, chorvachilik, pillachilik, suv xo’jaligi, fermer xo’jaliklari faoliyati, qishloq xo’jalikni mexanizatsiyalash va yangi texnologiyalarni joriy etish va qishloq turmush tarziga oid mavzular yoritiladi.
“O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI”- Jurnalda ayrim maqolalar rus tilida ham bosiladi. Ilmiy maqolalarga rus va ingliz tillarida qisqa annotasiya beriladi. Jurnalga turli davrlarda taniqli jurnalistlar S. Xoldorova, S.Sodiqov, J.Muhammadxonov, Q.Hotamov, T.Najmiddinov, R.Samanov, Z.Yo’ldoshev muharrirlik qilishgan. Adadi 1500 nusxa (2005).
Shuningdek o’qing: O’zbekiston xalq demokratik partiyasi
Qiziqarli: Qishloq xo’jaligi haqida