O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING QORAQALPOG’ISTON BO’LIMI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING QORAQALPOG’ISTON BO’LIMI — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi oliy ilmiy muassasa. Asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqbo’lgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishdan iborat. Qoraqalpog’istonda ilmiy tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi. Qoraqalpog’istonda dastlabki ilmiy muassasa — kompleks ilmiy tekshirish instituti 1931 yil tashkil etilgan. 1939 yil bu institut Qoraqalpog’iston XKS huzuridagi til va adabiyot intiga aylantirildi. Institut 1947 yil O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibiga kirdi va Qoraqalpog’iston iqtisodiyot va madaniyat ilmiy tekshirish instituti deb nomlandi. 1957 yil institut kompleks ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. 1959 yil ushbu institut negizida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ning Qoraqalpog’iston filiali tashkil etildi. 1991 yil filial O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog’iston bo’limiga aylantirildi. Tarkibida N.Dovqorayev nomidagi til va adabiyot instituti (1959), Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti (1992), Bioekologiya instituti (1994), Tabiiy fanlar kompleks instituti (1994), Orolbo’yi xalqlari ijtimoiy- iqtisodiy muammolar instituti (1976— 2003 yillarda hisoblash markazi), botanika bog’i (1989), asosiy kutubxonasi bor (2005). Bo’lim ilmiy tekshirish muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari: Orolbo’yi xalqlarining qadimiy davrdan bugungacha bo’lgan tarixi, arxeologiyasi, etnografiyasi; qoraqalpoq xalqi etnogenezi va etnik tarixi, san’at, yozma va ogzaki tarixiy manbalarni o’rganish; qoraqalpoq adabiyoti, tili va til tarixi, xalq og’zaki ijodiyoti; Orol dengizi havzasining tabiiy muhitga ta’siri, ekologik inqiroz oqibatlarini o’rganish, biologik xilma-xillik muammolari; hududdagi tabiiy boyliklardan to’g’ri va oqilona foydalanishning ilmiy asoslari, xom pish va ulardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, yarimo’tkazgich material va organik birikmalar asosida elektronikaning ayrim muammolarini o’rganish, hudud sharoitida qayta tiklanuvchi noan’anaviy energiya turlaridan foydalanish; Qoraqalpog’iston Respublikasining doimiy rivojlanish dasturini, Orolbo’yi hududi ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarining matematik modellarini ishlab chiqish. Bo’lim ilmiy xodimlari o’z ilmiy yo’nalishlariga mos 33 mavzu bo’yicha ish olib boradi (2005). Bo’lim ilmiy tekshirish muassasalarida 140 ilmiy xodim, jumladan, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining 3 akademik, 14 fan doktori, 50 fan nomzodi ishlaydi. 1960 yildan bo’limning “axboroti” (“xabarchisi”) nashr etiladi. Bo’lim olim va tadqiqotchilaridan M.Nurmuhamedov, S.Bahodirova, Q.Boyniyozov, S.Nietullaev, S.Alliyorov, T.Mambetniyazov, A.Nasrullayev, M.Kalenderov, R.Esemuratova, D.Qozoqboyev, A.To’raboyevlar turli davrlarda Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo’lganlar. O’zbekiston Respublikasi Faning Qoraqalpog’iston bo’limi hay’ati raislari: M.Nurmuhamedov (1959-61), S.Kamolov (196196), Ch. Abdirov (199697), T.Eshchanov (1997-2004); 2004 yildan N.K.Aimbetov.