O‘zbekiston yil boshidan buyon 6,5 ming tonna guruch import qilgan
2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 13 ta davlatdan qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 6,5 ming tonna guruch import qilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p guruch yetkazib bergan davlatlar – Qozog‘iston (4,3 ming tonna), Hindiston (1,1 ming tonna) va Qirg‘iziston (582 tonna) bo‘lgan.
Shuningdek, Pokistondan 186 tonna, Xitoydan 66 tonna va boshqa davlatlardan jami 289 tonna guruch import qilingan.