O’ZBEKISTON YOZUVCHILARI UYUSHMASI

O’ZBEKISTON YOZUVCHILARI UYUSHMASI — yozuvchilarning ko’ngilli ijodiy jamoat tashkiloti. 1934 yil 8— 11 martda bo’lgan O’zbekiston yozuvchilarining 1qurultoyida tashkil etilgan. Bungacha ular turli to’garak va uyushmalar holida faoliyat ko’rsatgan. Jumladan, 1919 yil “Chig’atoy gurungi” nomli adabiy to’garak atrofida uyushgan jadidlar o’zbek milliy adabiyotining shakllanishiga hissa qo’shgan. 1926 yilda Samarqandda “qizil qalam” nomli adabiy tashkilot tuzilgan, bu tashkilotning Qo’qon, Farg’ona, Namanganda mahalliy shoxobchalari ish olib borgan. O’zbekiston yozuvchilari uyushmasining birinchi raisligiga adabiyotshunos rahmat Majidiy saylangan. Turli yillarda O’zbekiston yozuvchilari uyushmasiga H.Olimjon, Oybek, Sh.Rashidov, Uyg’un, A.Qahhor, B. Rahmonov, S. Azimov, O’.Umarbekov, O. Yoqubov va boshqalar rahbarlik qilgan. 1996 yildan uyushma raisi A. Oripov. Uyushmaning 700 dan ortiq a’zosi bor. Viloyatlarda o’z bo’limlariga, Do’rmon qishlog’ida ijod uyiga, shifoxona maskani, adabiyot jamg’armasi va nashriyotiga ega. Muassisligida “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka”, “Yoshlik” jurnallari hamda “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”, “yozuvchi” gazetalari chop etiladi. 2002 yilda xalqaro aloqalar va badiiy tarjima kengashi tashkil etildi.