O’ZGARUVCHAN TOK GENERATORI

O’ZGARUVCHAN TOK GENERATORI — aylanma harakatining mexanik energiyasini o’zgaruvchan tok elektr energiyasiga aylantiruvchi mashina. Sinxron va asinxron turlari bo’ladi. Asinxron generatorlar kam (asosan, alohida elektr bilan ta’minlash tizimlarida) ishlatiladi; 20-asr 70-yillaridan boshlab amalda sinxron generatorlyar ishlatilmoqda. Uch fazali O’zgaruvchan tok generatori eng ko’p tarqalgan. Kuchli O’zgaruvchan tok generatori elektr stansiyalarga o’rnatiladi. Quvvati uncha katta bo’lmaganlari avtonom energiya bilan ta’minlash tizimlarida, chastota o’zgartirgichlarda ishlatiladi, mexanik energiyani o’zgaruvchan tok elektr energiyasiga (generator) yoki o’zgaruvchan elektr tok energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) hamda o’zgaruvchan tok elektr energiyasini boshqa kuchlanishli yoki boshqa chastotali elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr mashina (o’zgartirgich). O’zgaruvchan tok generatori asinxron elektr mashina va sinxron mashinaga bo’linadi.