O‘zingizni yaxshi his qilishning 5 ta oddiy usuli

Maqtovlarni qabul qiling

Ehtimol, kimdir sizni yoki ishingizni maqtaganda kayfiyatingiz ko‘tarilgandir. Olqish ish unumdorligini ham oshiradi. Shuning uchun maqtov eshitish juda zarur. O‘zingiz ham birovlardan shirin so‘zingizni, olqishlaringizni ayamang.

Ortiq vaznni yo‘qoting

Ortiqcha vazndan qutulish uzoq vaqtdan beri bizning fikru zikrimizni egallab olgan: kim nima desa bir qilib ko‘ramiz. Nafaqat vazn yo‘qotish, balki tanani chiniqtirish ham juda muhim: yugurish, to‘g‘ri ovqatlanish, sayr qilish, sport zaliga borish kerak. Bularning bari kayfiyatni ko‘taradi.

Mutolaa

Biz o‘qimishli odamlarga qoyil qolishga odatlanganmiz. Ko‘pincha u yoki bu sohada bilimimiz yetishmasligi uchun o‘zimizni ayblaymiz. Shuning uchun ko‘p kitob o‘qish kerak. Mutolaa zavqini boshqa hech narsa bera olmaydi.

Eski do‘stlar bilan aloqani tiklash

Ba’zi yaxshi odamlarni yo‘qotamiz. Boshqa joylarga, shaharlarga yoki davlatlarga ko‘chib o‘tamiz, ish joylari va ta’lim muassasalarini o‘zgartiramiz. Hamma bilan aloqalarni saqlab qolib bo‘lmaydi, ammo eski do‘stlar bilan uchrashish yoki telefonlashish har doim yoqimlidir. Agar sizga hech kim qo‘ng‘iroq qilmasa, nega endi o‘zingiz qilmasligingiz kerak?

 Sarishtalik

Eng so‘nggiga eng muhimini qoldiramiz. Saranjom-sarishtalik eng kerakli narsa. Hozirgina tozalangan va yig‘ishtirilgan xona kayfiyatingizni ko‘taradi. Ko‘pincha kayfiyatning ko‘tarilishi uchun kompyuter stolini yoki qattiq diskdagi narsalarni tartibga solish kifoya.