Oziq-ovqat sanoati
Oziq-ovqat sanoati – aholini oziq-ovqat mollari bilan ta’minlaydigan sanoat korxonalarining umumiy nomi. Oziq-ovqat sanoati 30 xildan ortiq ishlab chiqarishni o`z ichiga oladi. Asosiy tarmoqlari: un tortish, qand-shakar, go`sht, baliq, sut, konditer, yog`, konservalar, makaron, margarin, vitaminlar ishlab chiqarish, non yopish.