Ozodbosh svitasi

Ozodbosh svitasi – Toshkent shahri atrofida uchraydigan quyi bo’r yotqiziqlari tarkibidagi stratigrafik birlik. Qorjontovning Janubiy-g’arbiy etaklarida joylashgan Ozodbosh yalangligi nomi bilan atalgan. N.E.Minakova tomonidan 1941 yilda ajratilgan. Ozodbosh svitasi paleozoy balandliklarining buzilishi, chala siyqalangan yirik va mayda shag’allarning qumli ohak va gil bilan tsementlanishi natijasida hosil bo’lgan qizil rangli kontinental brekchiya va konglomeatlardan tashkil topgan. Ozodbosh svitasining umumiy qalinligi 30-160 metr.