Oygul, moh
Oygul, moh — ko’p yaproqli moychechak shaklidagi naqsh. Oygul yaproqlar soniga qarab 3 yaproqli, 4 yaproqli, 5 yaproqli Oygul deb nomlanadi. Naqqoshlik va miskarlikda o’simliksimon naqsh bo’lagi hisoblanib, ustalar naqsh mujassamotini yaratganda, idishlar bezagida qo’llanadi. Oyguli islimiy naqshi tanob bilan bandning murakkab aylanma harakatidir. Oygulni naqqoshlar baxt-iqbol ramzi sifatida qo’llab kelganlar. Buxoroda naqshi mohiy deb yuritiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Oygul
- Oygul ismi haqida bilasizmi?
- Oymurzayev Jo’lmurza
- Oymyakon yassitog’ligi
- Oyna
- Oynatosh, sangi oyna
- Oynavand o’yma
- Oyoq











