Ozodlik haykalining sohibi kim?
Nyu-York ko’rfazida qad rostlab turgan Ozodlik haykali AQSh hukumatiga tegishlidir. U 1924 yilda umummiliy yodgorlikka aylandi. Uni AQSh ichki ishlar vazirligining Milliy parklar xizmati saqlaydi. Haykal g’oyasi 1865 yilda fransuz tarixchisi Eduard de Laboley tomonidan taklif etilgandi. U fransuzlarning Amerika mustaqilligi yodgorligi va ikki mamlakat o’rtasidagi do’stlik ramzi sifatidagi tuhfasi bo’lishi ko’zlangan edi. Haykal yaratishga pul to’plash uchun fransuz-amerika jamiyati tashkil etilgandi. Haykal 1885 yili Fransiyada yaratilgan va 214 reysda qism-qism Qo’shma Shtatlarga jo’natilgan edi. Amerikada haykal shohsupasini qurish uchun mablag’ yig’ish bo’yicha qo’mita tashkil etildi. Ammo shohsupa qurilishi bo’yicha ishlarni 1884 yilda yakunlashga to’g’ri keladi, chunki yetarli miqdorda pul to’plashga muyassar bo’lishmadi. Haykal Nyu-Yorkka olib kelinganidan keyin bir oy o’tgach qurilishga pul yig’ishga erishiladi va ish adog’iga yetkaziladi. Haykal 1886 yil 28 oktyabrda prezident Grover Klivlend tomonidan ochilgan edi. Nyu-York ko’rfazidagi Ozodlik orolida qad rostlab turgan Ozodlik haykaliga Manxettendan paromda-solda yetib borish mumkin. Binobarin har yili yuz minglab odamlar uni tomosha qilishga kelishadi.