PABLISTI

PABLISTI (inglizcha publicity — oshkoralik, ochiqlik) — 1) Dong chiqarish, firma, korxonaning mashhurligi; 2) firmalar, tovarlar, xizmatlar haqida ommaviy axborot vositalari orqali beriladigan axborotlar, ularning taqdimoti. O’zbekistonda 1990-yillarning boshlaridan buyon yirik korxonalar, ishlab chiqarish firmalari tomonidan amalga oshirib kelinadi.