PAGUOSH HARAKATI

PAGUOSH HARAKATI – olimlarning tinchlik, qurolsizlanish, xalqaro xavfsizlik va ilmiy hamkorlik uchun yo’naltirilgan ijtimoiy harakati. Tashabbuskorlari (1955): A. Eynshteyn, F. Jolio-Kyuri, B. Rassel. Paguosh harakati tarafdorlarining 1-konferentsiyasi 1957 yilda Paguosh shahrida (Kanada) bo’lgan. Shundan buyon, odatga ko’ra, yil sayin o’tkaziladi.