Palasan qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Palasan qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblastining Oltiariq rayonida. Toponim mo’g’ulcha Balgas so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “shahar” ma’nosini ifodalaydi, deb izohlaydilar. Ammo –on qo’shimchasi shahar nomiga qo’shilib, joy nomi yasamaydi. Bu qo’shimchaning mavjudligi toponim asosida biror kishilar guruhi mavjudligidan darak beradi. Bizningcha, toponim forscha Palas so’zi bilan aloqadorlar (“darvesh” ma’nosida). Shunday ekan, Palason “darveshlar” demakdir.

Leave a Reply