Paleogeografiya

Paleogeografiya (Paleo… va geografiya) — er va er po’stining o’tgan geologik zamonlardagi tabiiy geogra- FIK holatini o’rganadigan fan, tarixiy geologiyaning bir qismi. P.ning asosiy vazifasi qad. davrlardagi quruklik va dengizlarning joylashishi, chuqurligi, suvning sho’rligi, suv osti relefi, o’simlik va hayvonot dunyosi, er Land- shafti, iqlimi, quruqlik va dengizlar- da sodir bo’lgan fizikkimyoviy hamda tabiiy-geografik jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. P. tog’jinslari, ular- dagi organik qol-diqlarning tarkibi, strukturasi, teksturasi, joylanishi va b.ni batafsil o’rganishga asoslanadi. U fasiyalar haqidagi ta’limot, litologiya, stratigrafiya, tektonika, paleontologiya, paleoekologiya, paleoiqlimshunoslik, geokimyo va geofizika b-n uzviy bog’liq. Ilk paleontologik ma’lumotlar o’rta asr Sharq olimlari, xususan, Abu Ray-hon Beruniy asarlarida keltiril- gan. Birok, P. yaxlit fan sifatida 19-a. ning o’rtalaridan tarkib topa boshladi. Biostratigrafiya ma’lumotlari asosida nisbiy geoxronologik shkalaning ishlab chiqilishi, fasiyalar haqidagi ta’limot- ning vujudga kelishi, ingliz geologi Ch. Layel tomonidan aktualizm metodining asoslanishi, turli Paleo-geografik xa- ritalarning tuzilishi P.ning vujudga kelishiga asos bo’ldi. 20-a.ning 30-y.laridan paleogeogra- FIK rekonstruktsiyalar foydali qazilmalarni qidirib topishning za- ruriy asosi bo’lib qoldi. Fasiyalar haqidagi ta’limot (u. Tvenxofel, D. V. Nalivkin) takomillashdi. Xilma-xil tad-qiqot usullari yaratilib, buning na-tijasida P.da bir necha yo’nalishlar paydo bo’ldi; ular erning o’tgan zamon- lardagi tabiiy-geografik sharoitla- rini turli tomondan o’rganadi. Pale- oekologik yo’nalish cho’kindi jinslar tarkibi va b. xususiyatlari hamda ular- dagi organik qoldikdarni tadqiq etadi; o’tgan geologik davrning hayvonot va o’simlik dunyosi, suv havzalari, ularning qo’shni dengizlar b-n bog’liqligi, iqlim sharoiti, sho’rlik darajasi va b. xususi- yatlarini o’rganadi. Paleobiogeografik yo’nalish ayrim geologik davrlardagi zoogeografiya va flora provintsiyalari hamda oblastlarini belgilab beradi. Paleobiogeofafik, litologik-geoki- myoviy va b. ma’lumotlar paleoiqlim rekonstruktsiyalarida foydalaniladi. Terrigen-mineralogik yo’nalish muayyan tarkibli chaqiq cho’kindilarning joy- dan-joyga ko’chish yo’llari, to’planish ob- lastlari va kelib chi-qishini aniqlash imkonini beradi. Geokimyoviy yo’nalish qad. suv havzalari sho’rligi va fizik- kimyoviy xususiyatlari hamda ularning evolyusiyasini o’rganadi. Shuningdek, au- tigen mi-nerallar Cl, F, V, Br, Ca. Mg, Sr kabi elementlar kontsentrasiyami, gilli va karbonatli jinslarda temir oksidi [G’e(G’e2O3)]ning miqdoriga asoslanib, qad. davrlar atmosferasining tarki- bini aniklaydi. Dinamik P. qadimgi suv havzalari, ko’l, daryolar harakatini o’rga-nadi, oqimlarni, cho’kindilar to’plangan muxit xususiyatlarini tek- shiradi. 30-y.lardan paleotektonik usul keng tarqaldi. Bu usul fasiyalarni ajra- tish, qad. yotqiziqlar qalinligi, forma- tsiyasini aniklashga asoslangan. P.ning maxsus tarmoqlaridan biri paleovulka- nologiyadir. U vulkanli oblastlarning Paleo-geografik rekonstruktsiyasi b-n shug’ullanadi. Paleogeomorfologiya qad. rel-eflarni o’rganadi. 1968 y.dan oke- anlar tubida burg’ilash o’tkazila boshla- shi okeanlar P.sini to’g’ridan-to’g’ri ani- klashga imkon berdi. P. yordamida O’zbekiston hududining ko’p qismi mezozoy erasining kello-Vey, Oksford, alb, Turon, senon asrlarida va eosenda dengiz suvi b-n qoplanganligi aniqlandi. Bu erlar, AK-sincha, yura dav- rining boshlari va o’rtalarida, bo’r dav- rining Neokom, senoman va Turon asrlari 2yarmida quruqlik bo’lgan. Toshkent atro- Fi, Qizilqum cho’li, Amudaryo etaklari, Orol dengizi o’rni va Ustyurt platosida tarqalgan Turon asri qumtoshlaridan topilgan dinozavr skeletlari va ulkan daraxtlarning toshga aylangan ta-nalari hamda quyi va o’rta yura davrlarida hosil bo’lgan konlar o’sha davrlar botqoqlik, o’rmonlar va tog’lar b-n o’ralgan la- guna va ko’llar, sayoz daryolar mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Ad.: Markov K. K., Paleogeografiya, 2 izd., M” 1960; Ruxin L. B., Osnovi ob- tshey paleogeografii, L., 1962; Geologiya, paleontologiya, paleogeografiya [sbor- nik trudov], M., 1973; Popov V. I., Li- tologiya kaynozoyskix molass Sredney Azii, t. 1-3, T., 1954-56; Babaev A. G., Akramxodjaev A. M., Paleogeografiya neftegazonosnix melovix otlojeniy Uzbekistana, T., 1960.