Panfilov Ivan Vasilevich
Panfilov Ivan Vasilevich (1892.20.12 Saratov viloyati Petrovsk shahri — 1941.19.11 Moskva ostonasi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiya General-mayori. Gitlerchilar Germaniyasi SSSRga qarshi urush boshlashi bilan olmaotada shakllantirilgan 316-o’qchi diviziya qo’mondoni etib tayinlangan. Panfilov o’z diviziyasi bilan Moskva ostonalaridagi shiddatli janglarda jasorat kursatgan. Diviziya tarkibida o’zbek, qozoq, qirg’iz, rus, qoraqalpoq va boshqa xalqlarning vakillari bulib, ular Moskvani mardonavor himoya qilishgan. Panfilov diviziyasiga Gvardiyachi nomi berilib, 8-gvardiyachi diviziyaga aylantirilgan. Panfilov Moskva uchun olib borilgan janglarda halok bulgan. O’limidan so’ng qahramon unvoni berilgan (1942 yil aprel). Panfilov qo’mondonlik qilgan diviziya uning nomi bilan ataladigan bo’lgan. Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va boshqa mamlakatlarda ko’plab qishloq va qo’rg’onlar, maktab va xiyobonlar Panfilov nomi bilan ataladi.