Panja qanotli baliqlar

Panja qanotli baliqlar (Crossopterygii yoki Crossopterygiomorpha) — baliqlar infra sinfi (ba’zan kenja sinfi yoki katta turkumi). Ilk devondan ma’lum, bo’r davri oxiriga kelib deyarli qirilib ketgan. O’rta devonda Panja qanotli baliqlardan dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar kelib chiqqan. Uzunligi 7 santimetrdan 5 metrgacha. Bosh qutisi to’liq suyaklangan, yuqori jag’i bosh qutisi bilan bog’langan. Tishlari ko’p, konussimon. Chanoq kamari 2 ta plastinkaga o’xshash. Juft suzgichlari yo’g’on, muskulli, bir necha panjasimon tarmoqdangan bo’g’imlardan iborat; tayanch funktsiyasini bajaradi. 5 ta (jumladan, 4 ta qazilma) turkumi mavjud. Chuchuk suv ripidistlari suvda va quruqlikda yashovchilarning bevosita ajdodi hisoblanadi. Tselakantasimonlar turkumiga mansub 1 ta turi hozirgi Hind okeani (Afrikaning Sharqiy sohillari yaqini)da uchraydi.