Panjara

Panjara – 1) nishabga parallel yotqizilgan yog’och brus yoki taxtadan iborat, listsimon yoki donali tom yopish materiallari osti asosi; 2) kataksimon to’qima shakl, to’siq, me’moriy bo’lak. G’isht, yog’och taxtachalarni qalab, ganch, metallni o’yib, quyib, toshni o’yib xandasaviy shakl tayyorlanadi. Binolarning eshik, darcha, tuynuk, zinapoya, ayvonlarda to’siq va bir vaqtning o’zida bezak vazifasini o’taydi. Masalan: osma ayvon panjarasi, shamollatish panjarasi, titrama panjara, qo’sh qavat panjara, to’siq panjara, deraza panjarasi, suyanchiq panjarasi, fazoviy panjara, ustunli panjara, yig’ma panjara, murakkab panjara, po’lat panjara va hokazolar.