Panjob
Panjob — Pokistonning shim.- shar-qiy qismidagi viloyat. Hind Daryo- sining Chinob va b. irmoqlari havzasida. Mayd. 205,3 ming km2. Aholisi 72,6 mln. kishi (1998). Ma’muriy markazi — Lohur sh. Er usti allyuviy jinslardan tuzilgan. Daryolar yozgi musson davrida toshib, o’zanini o’zgartirib turadi. Re- lefi bir oz qiya, jarlar bor. Iqli-mi quruq tropik iqlim. O’rtacha t-ra yanv.da 13-16°, mayniki 35°. Yillik yog’in 150 mm. P. — mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qismi. Xo’jaligining etakchi tarmogi — sug’orma deh-qonchilik. Mamlakat hududining 1/4 qismi, aholisining yar- midan ortig’i P. hissasiga to’g’ri keladi. P. Pokistonda etishtirilayotgan bug’doy, sholi, paxta va shakarqamishning asosiy qismini, sanoat mahsulotining deyarli yarmisini beradi. Asosiy q.x. ekinlari — bug’-doy, Grem, bajra, sholi, jovar, MAK-kajo’xori, paxta, shakarqamish va moyli ekinlar. Chorvachilik b-n vilo- yatning shim. va shim.-g’arbiy r-nlarida shug’ullaniladi, asosan, qo’y, echki boqiladi. Ko’mir, surma, toshtuz, tabi- iy gaz, neft qazib chiqariladi. Layal- pur va Mo’lton sh.larida ip gazlama sa- noatining nisbatan yirik korxonalari joylashgan. Oziq-ovqat, ko’n-teri, ma- shi-nasozlik, metallsozlik, kimyo, qog’oz, tsement, paxta tozalash korxonalari bor. Hunarmandchiliqsa metall va sopoldan uy-ro’zg’or buyumlari, fil suyagidan ba- diiy buyumlar tayyorlanadi.