Papalik

Papalik — katolik cherkovi rahbariyati; Rim papasi tomonidan boshqariladigan liniy markaz. Papalik Rim episkopligi asosida vujudga kelgan. 5-asrda Rim episkoplari o’zlariga “Papa” nomini qo’yib olib, Rim imperatorlaridan boshqa episkoplarning o’zlariga bo’ysunishi to’g’risida farmon olishga muvaffaq bo’ldilar. 8-asrda Papa viloyatining tuzilishi papalar dunyoviy hokimiyatiga asos soldi. 2-jahon urushidan keyin, ayniqsa, 60-yillardan boshlab Papalik cherkovni aqidalar, marosimlar, tashkilotlar va siyosat sohasida hozirgi davrga moslashtirish yo’liga o’tdi.