Parabioz
Parabioz (para… va … bioz) — 1) tirik to’qimaning qo’zg’atuvchi ta’siri- ga javoban kechiradigan davriy holati. Nerv (muskul)ning o’zgargan qismi ta’- sirchanligi pasayishi tufayli berila- digan qo’zg’alish ritmini o’tkazmaydigan bo’lib qoladi. P. haqidagi tushuncha- ni rus olimi N. E. Vvedenskiy ishlab chiqqan. P.ning rivojlanishi bir necha fazalar orqali o’tadi. Provizor, ya’ni tenglashtirish fazasida nerv (muskul) ning davriy impulslarni o’tkazish xusu- siyati har qanday qo’zg’alish kuchiga nisba- tan bir xilda pasaygan bo’ladi. Paradoks al faza — kuchli qo’zg’alishlar nervning o’zgargan qismi orqali o’tkazilmaydi, kuchsiz qo’zg’alishlar esa muskullarning kuchli qisqarishiga olib keladi. T o r mozlovchi faza — nervning qo’zg’alishni o’tkazish xususiyati butunlay yo’qoladi. P. — qaytar hodisa, lekin zararlovchi omilning kuchayishi hayotiy faoliyat- ning butunlay izdan chiqishi va o’limga olib kelishi mumkin. Vvedenskiy P.ni turg’un, ya’ni o’zgarmas qo’zg’alishning o’ziga xos holati, kelayotgan qo’zg’alishlar to’lqini turg’un qo’zg’alishlar b-n birga qo’shilib chuqurlashtirishi xamda nerv markazlarida qo’zg’alishni tormozlanish- ga o’tish modeli sifatida qaragan. Zamo- naviy ada-biyotlarda “P.”termini, aso- san, eks-tremal va patologi k vaziyatlarga nisbatan qo’llanadi. 2) bir organizmning ikkinchisi b-n o’zaro ta’sirini o’rganish maqsadida 2 ta (ba’zan 3 ta) hayvonni qon aylanish si- stemasi yoki ular terisini tikib qo’yish orqali sun’iy birlashtirish. Tuban tu- zilgan organizmlarda (bo’shliq-ichlilar, chuvalchanglarda), shuningdek, dumli suvda va quruqlikda yashovchilarda P.ni amalga oshirish ancha oson, is-siqqonli hayvonlarda bu juda mushkul.