Parafilyarioz

Parafilyarioz — ot va qoramollarda uchraydigan invazion kasallik. Hayvon terisi osti klechatkasi va muskul o’rtasidagi biriktiruvchi to’qimalarda parazitlik qiladigan Parafi laria multipapillosa nematoda qo’zg’atadi. Qon so’ruvchi pashshalar orqali hayvonlarga yuqadi. Bahorda va yozda kunduzgi paytlarda hayvonning bo’yin, yelka va kuraklari atrofi terisida no’xatdek tugunchalar paydo bo’ladi, issiq faslda ulardan qon oqadi. Ma’lum muddatdan keyin qon to’xtaydi, qotadi, qora qo’tir bo’lib qoladi. Davolash usuli yetarli o’rganilmagan. Oldini olish: qon so’ruvchi pashshalar insektisidlar purkab yo’q qilinadi.