PARAFIN BILAN DAVOLASH
PARAFIN BILAN DAVOLASH, – parafindan davo maqsadida foydala- nish; asosan, applikasiya, bog’lov, vanna yoki maska holida qo’llanadi. P.b-n D.ning eng ko’p tarqalgan usul- lari: qizdirilgan parafin kleyonka to’shalgan kyuvetaga quyiladi, u 52-55° gacha sovigach, kyuvetadan olib, gavdaning og’riyotgan qismiga qo’yiladi, kleyonka yopib, ustidan adyol yoki ko’rpa b-n o’raladi; shu qolatda 20— 30 min. turadi; para- fin olingach, bemor issiq adyolga o’ralib, 30-40 min. dam oladi. Davo kursi 10— 25 marta, kunda yoki kunora qo’yiladi. Parafin og’riq qoldirish va so’rib olish xossasiga ega, moddalar almashinuvi, qon aylanishi, to’qimalar oziqlanishini kuchaytiradi, chandiqlanishga yo’l qo’ymaydi. Bo’g’imlar, pay qini, boylam va muskullarning o’tkir va Su-runkali kasalliklarida; shikastlarda, nerv si- stemasining og’riq b-n kechadigan ka- salliklari (radikulit, ishias, nevrit, nevralgiya)sl, trofik yara, ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari (yara ka- salligi, kolit, ga-strit)da; erkak va ayollar jinsiy a’zolari yallig’langanda; quloq, burun, tomoq kasalliklari; ay- Rim teri kasalliklari (quruq ekzema, qizil temiratki)da, shuningdek, kosme- ti-kada turli nuqsonlarni (ajin, Chan- Dik, va b.) yo’qotish uchun ishlatiladi. P. b-n D. faqat vrach tavsiya etgandagi-na qo’llanadi.