Paraskaridoz

Paraskaridoz — ot, eshak va xachirlarda uchraydigan invazion kasallik. Ingichka ichak, ba’zan oshqozonda parazitlik qiladigan Parascaris equorun nematoda qo’zg’atadi. Kasal hayvonlarning tezagi bilan ifloslangan yem-xashak va suv orqali yuqadi. Asosan, yosh mollar kasallanadi, kasal hayvon yo’taladi, burnidan suv oqadi, nafas olishi tezlashadi, tana harorati qisqa vaqt ko’tariladi, ichi qotadi yoki ketadi. Kamqonlik (anemiya) belgilari ko’rinadi; toylar o’sishi kechikadi yoki to’xtaydi. Davolash: piperazin, mebendazol, Panatur, farantel ishlatiladi. Oldini olish: mollarni parvarishlash, boqishda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish; rejali degelmintizatsiya, yaylovlarni almashtirish va boshqalar.