Parchin

Parchin (fors.) — me’morlik beza- klarida ishlatiladigan sirlangan sopol taxtachalar; turli ranglarda sirlanishi b-n koshinaan farq qiladi. Naqsh, yozuv, tasvirlar ishlash (mozaika)da P.dan foydalaniladi. Shakli: teng tomonli uchburchak, murabba, to’rtburchakli, ba’zan 6, 8 qirrali ham bo’ladi. Usta P. usuli – da bezak yaratishi uchun avval xom loydan taxtachalar tayyorlaydi, ularni xumdonda pishirib sopol holiga kel-tiradi, so’ng ustidan sir beradi (bo’yay-Di). Sirlan- gan taxtachalar xumdonda yana pishirib olinadi, shundan so’ng binolar bezagida ishlatiladi. O’zbekiston hududida P. b-n bezatilgan me’moriy obidalar ko’p (Re- giston ansambli va b.). Hoz. kunda ham me’morlikda P. keng qo’llaniladi (xal- klar do’stligi saroyi, Oliy Majlis, O’zbekiston konserva-toriyasi binolari- da va b.).