Parda

Parda (musiqada) — 1) torli (dutor, tanbur kabi) cholg’ular dastasini bo’g’inlarga ajratuvchi to’siqlar. O’tmishda Pardalar ichak yoki ipakdan ishlangan bo’lib, keyinchalik cho’p, metall yoki plastmassadan yasash yo’lga qo’yilgan. Sozanda qo’l barmoqlari bilan torlarni ma’lum Pardaga bosib tebratganda muayyan balandlikdagi tovush (ton)ni hosil qiladi; 2) Sharq musiqa nazariyasida Parda atamasi maqom, daemon, dastgoh tushunchalari bilan ma’nodosh bo’lib, muayyan balandlikdagi tovushlarni ham ifodalagan. Jumladan, o’zbek musiqasida har bir maqomning bosh Pardasi shu maqom nomi bilan ataladi (masalan, Navo Pardasi, rost Pardasi kabi).