Parhez, dieta
Parhez, dieta — miqdori, kimyo- viy tarkibi, kaloriyaliligi (quvvati) va pishirib tayyorlanishi jihatidan Max- sus tanlangan ovqat rasioni, sog’lom ki- shilar hamda bemorlarga mo’ljallangan ovqatlanish rejimi. P.da organizmning oziq-ovqatlarga bo’lgan fiziologik ehtiyoji qondiriladi. Bemorlarga P. buyurilganda moddalar almashinuvi yoki biror a’zo funktsiyasi buzilgan bo’lsa, uning faoliyatini ti- klash ko’zda tutiladi. Buning uchun ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus usullar b-n kayta ishlanadi. Yara kasalligi, ko- lit, yog’bosish va b. kasalliklarda P. Keng qo’llanadi. Kasallikning davri, boskichi va fazasiga qarab, P.ning bir necha vari- anti tavsiya etiladi. Kasalxonada davo- lanayotgan bemorga vrach kam ovqat eyila- digan kunlar (mas, 1-2 kun) belgilaydi. Bu kunlarda bemorni ataylab qisman och qo’yish uchun alohida rasiondan foyda- laniladi. O’z bilgicha P. tanlash yomon oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin (yana q. Parhez bilan davolash).