Parket

Parket – polni qoplash uchun ensiz va uzunchoq taxtacha ko’rinishidagi material. Parketlar asosan, eng qattiq yog’ocha navlari (eman, qayin, qora qayin, chinor va hokazolar)dan tayyorlanadi. Parketlar turar-joy va jamoat binolar xonalariga yotqiziladi. Ular o’zining chiroyli tashqi ko’rinishi, issiqlik va tovushni kam o’tkazishi, yemirilishga qarshi yuqori bardoshliligi bilan boshqa pol turlaridan farq qiladi. Parketlarning donali, shitli, parket taxtachalari, to’plamli (mozaykali) turlari mavjud. Masalan: koshinkor parket, nafis (badiiy) parket, donali parket, yaxlit parket va hokazolar.

Leave a Reply