Parkinsonizm

Parkinsonizm, Parkinson kasalligi, titroq falaj — Markaziy nerv sistemasining surun-kali kasal- ligi; ateroskleroz, entsefalit, jismo- niy shikastlanish va b.da bosh miyaning pust osti yadrolari za-rarlanishidan paydo bo’ladigan klinik sindrom. In- gliz vrachi J. Parkinson 1817 yili ta’riflab bergan. P.da muskullar ta- ranglashadi, yuz xarakatsiz bo’lib, qotib qoladi, bemor mayda qadam tashlab yura- Di, xarakatlari cheklanadi, hatto kiy- inish, tugmalarni qadashda qiynaladi. Titroq falaj ko’proq qo’l panjalaridan boshlanadi (bemor go’yo barmoklari b-n sharchalar yasayotgandek harakat qiladi); bemorning boshi, oyoqlari ham titraydi, bemor qimirlamay turganda yoki juda hayajonlanganida, odatda, titroq kuchaya- Di, harakatlanganida kamayadi va uxlagan paytida bosiladi. Bemor buy-ruq b-n osonroq harakat qiladi. Uy sharoitida vrach tavsiyasiga ko’ra, muskullar Taran- glashuvini turli xil mashklar yordamida bartaraf etish mumkin, bu mashklarni yax- shisi iliq suvda qila boshlagan ma’qul ( u muskullarning bo’shashuvini osonlash- tiradi). Bunday bemorlarga tinch sharo- itda qo’l, oyoq va tanani mashq qildirish uchun engil gimnastika b-n shug’ullanish, aniq harakatlar: mozaikalar yig’ish, bo- lalar kubiklarini terish foydalidir. P.ga chalingan bemorlarni (juda qiyin bo’lsa ham) o’z-o’ziga qarashga va imko-ni- yat doirasida uydagilarga yordam berishga o’rgatib borish lozim, chunki shular ham jismoniy mashq hisoblanadi. Hamma dori vositalari vrach ko’rsatmasiga bi- noan berilishi lozim.