PARLAMENT INQIROZI

PARLAMENT INQIROZI — parlament qarorlari ko’pchilik fuqarolar xohish-irodasiga mos kelmay qolganligi sababli qonun chiqaruvchi hokimiyatdagi kuchlar nisbatining o’zgarishidir. Parlament inqirozi undagi bir-biriga qarshi asosiy fraksiyalardagi kuchlarning o’zaro tengligidan ham kelib chiqishi mumkin. Bunday vaziyat qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qarorlarni qabul qilishga halaqit beradi va parlament faoliyatini to’xtatib qo’yilishiga olib keladi. Shunday hollarda parlament tarqatilib yuboriladi va yangi saylovlar o’tkaziladi.