Parom
Parom — transport vositalari (avtomobillar, t. y. vagonlari va b.), kjlar va yo’lovchilarni dengiz yoki Daryo- ning bir qirg’og’idagi punktdan ikkinchi qirg’og’idagi punktga o’tkazib qo’yish uchun mo’ljallangan suzuvchi inshoot (kema, sol va b.). Qirg’oqlardagi punktlarning mavqeiga, o’tkaziladigan yukning turi va mikdoriga, dare va dengizning kengli- giga qarab. P. har xil kattakichiklikda bo’ladi. Qaerda qo’llanishiga ko’ra, dare, dengiz va ko’l P.lariga, xarakatlanish usuliga ko’ra, o’ziyurar va o’ziyurmas P.larga bo’linadi. O’ziyurar P. bir yoki bir nechta vagon va avtomobil palubala- ri b-n jihozlanadi. O’ziyurmas P. (sol, qayiq, barja, plashkodt va b.) uchun, odat- da, bir qir-g’oqdan ikkinchi qirg’oqqa sim arqon tortib qo’yiladi. Harbiy maqsadlarda (qo’shin va qurolyarog’larni suvdan kechib o’tkazish uchun) tayyor pon- ton va mahalliy suzish vositalari (kema, qayiq, sol)dan foydalaniladi.