Parvarda

Parvarda — shirinlik turi. Tayyorlash usuli: shakar, oliy nav bug’doy uni, o’simlik yog’i, limon kislotasi olinadi. Qozonga shakar va suv solib (shakar miйdoriga nisbatan suv 30— 40%) qaynatiladi, qaynash 8-10 minut davom etgach, limon kislotasi qo’shiladi, qaynash qozondagi massa namligi 3-3,5% qolguncha davom ettiriladi. Pishirish oxirida qozondagi qandolatga cho’zish stanoklarida ishlov beriladi, ya’ni yostiqcha shaklida kesiladi va 20-25° haroratda unga bulanib, 18— 24 soatga sovitiladi. So’ngra maxsus qutichalarga solinadi.