“Parvinabank”

“Parvinabank” — xususiy aktsiyadorlik-tijorat banki. 1994 yil 10 mayda tashkil topgan. Boshqaruvi Samarqand shahrida joylashgan. Toshkent va Buxoro shahrida filiallari bor. Mijozlarga fond birjasida xizmat ko’rsatish, davlat xazina majburiyatlari bozorida dilerlik va fond birjasida brokerlik xizmatlarini ko’rsatish, qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish, davlatlararo pul o’tkazish, ko’chirish operatsiyalari va boshqalar xizmatlarni amalga oshiradi. Bank respublikada kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Bankning Nizom jamg’armasi 1 milliard so’m; zaxira jamg’armasi 230,4 million so’m; berilgan kreditlar miqdori 4,1 milliard so’m; ko’rilgan yillik foyda 187,5 million so’m; jami aktivlari 16,3 milliard so’m (2002).