Paskal (Pascal) Blez

Paskal (Pascal) Blez (1623.19.6, Klermon-Ferran — 1662.19.8, Parij) — frantsuz matematigi, fizik va fay- lasufi. “Konus kesimlar nazariyasi- ning tajribasi” nomli asarida (1639) proektiv geometriyaning asosiy teore- malaridan biri — Paskal teoremasi- ni isbotlagan (q. Ikkilik printsipi), 1641 y. jamlash mashinasini qurgan. Arifmetika, sonlar nazariyasi, algebra, ehtimollar nazariyasi, proektiv geome- triya va b. sohalarga oid ishlari muhim. P. birinchi marta matematik induktsiya usulini qo’llagan, Sharq matematiklari- dan mus-taqil holda binomial koeffi- tsientlarni hisoblash usulini topgan (q. Arifmetik uchburchak). P. qo’llagan yuza va hajmlarni hisoblash usullari dif- ferentsial hamda integral hisoblar yara- tilishida asos bo’ldi. P. Gidrostatika asoschilaridan biri, 1648 y. ATM bosimi mavjudligini isbotlaydigan taj-riba o’tkazgan. Paskal qonunini asoslagan. P. falsafiy qarashlari b-n rasio- nalizm va skeptisizm orasida ikkila- nib turgan. Uning “provintsialga xat- lar” asari frantsuz prozasi va te-atrida muhim o’rin tutadi. P. frantsuz klassik prozasining shakllanishiga katta hissa qo’shgan.