PATRONA XALIL QO’ZG’OLONI

PATRONA XALIL QO’ZG’OLONI -Istanbul sh. (Turkiya) kambag’allarining 1730 y. sent.— noyab.dagi qurolli qo’zg’oloni. Unga Xalil (laqabi — Pa- trona) boshchilik qilgan. Qo’zg’olon soliqlarning ko’pligi, narx-navoning oshib ketganligi va amaldorlar- ning beboshligiga qarshi ko’tarilgan. Qo’zg’olonchilar Sulton Axmad III (1703— 30)ni taxtdan ag’darib, soliq va boj- larni bekor qilishga erishishgan, lekin ularning o’rtasidagi kelishmovchili- klardan foydalangan yangi Sulton mah- mud I (1730-54) qo’zg’olonni bostirgan. Patrona Xalil o’ldirilgan.